O‘zbekiston TIV rahbari Litvaning yangi elchisini qabul qildi
218

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Litvaning mamlakatimizdagi yangi elchisi Egidiyus Navikas bilan uchrashdi va ishonch yorlig‘ini qabul qildi. TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama shakldagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi, yaqin istiqboldagi umumiy kun tartibi ko‘rib chiqildi.
TIV rahbari elchiga ikki davlat o‘rtasida kengayib borayotgan munosabatning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muvaffaqiyat tiladi.