“Salomat bo‘ling” — O‘t qopida tosh paydo bo‘lishining sabablari (+video)
507

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzi aholisining besh foizi o‘t pufagida tosh borligidan qiynaladi. Shuningdek, o‘t pufagi xastaliklari erkaklarga qaraganda ayollarda ikki-uch baravar ko‘proq kuzatiladi.
Ko‘rinishidan kichik, ammo organizmdagi asosiy funksiyani bajaradigan mazkur ichki organ o‘z vaqtida ovqatlanmaslik yoki haddan ziyod taom iste’mol qilish natijasida ham ishdan chiqishi mumkin.
Agar dastlabki belgilari ko‘rinishi bilanoq bemor shifokor ko‘rigiga borishga erinsa va o‘z salomatligiga beparvo bo‘lsa, kelgusida o‘t pufagining yallig‘lanishi, tosh yig‘ilishi va dimlanishi, hatto “qurt” paydo bo‘lishi bilan bog‘liq kasalliklar ham yuzaga keladi. Tibbiyot fanlari doktori, professor — Feruza Xamrabayeva bu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA