Portugaliyaning yangi elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi

226

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Portugaliya elchisi etib tayinlangan Madalena Fisherni qabul qildi. TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama aloqani mustahkamlash zarurligi, bugungi holat mavjud salohiyatga mos kelmasligi ta’kidlandi.

Tashqi ishlar vazirliklari bunday sa’y-harakat tashabbuskori bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabat 1992 yil 12 avgustda o‘rnatilgan. 2023 yil oktyabr oyida B.Saidov Lyuksemburgda Portugaliya tashqi ishlar vaziri Joau Gomesh Kravino bilan muzokara o‘tkazgan. O‘shanda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish hamda institutsionallashtirish, shuningdek, madaniy va turizm almashinuvini jadallashtirish masalalari muhokama qilingan.