Prezident Salome Zurabishvili hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi boshlatgan impichment jarayoni fonida iste’fo bermasligini aytgan.

-Men ketmayman, barcha iste’fo berishim to‘g‘risidagi orzusini esdan chiqarmog‘i lozim,  joyimdaman, – deya bayonot berdi u respublika jamoat Birinchi telekanali orqali murojaatida.

– Men konstitutsiyada belgilab berilgan majburiyatimga binoan safarlarga chiqmoqdaman.

Mamlakat rahbariyati respublikaning YeI va NATOga integratsiyasi uchun sa’y-harakatini davom ettirishi kerak. Shu munosabat bilan Berlin, Bryussel va Parijda bo‘ldim.

Zurabishvili, shuningdek,  safarlarni shaxsiy mablag‘i hisobiga amalga oshirayotganini ta’kidlagan.

-Bu noto‘g‘ri, prezident muhim uchrashuvlar uchun safarga o‘z hisobidan bormasligi kerak, deb qo‘shimcha qilgan u.

Mamlakat hukmron partiyasi 1 sentyabrda Prezidentga nisbatan impichment jarayonini boshlaganini e’lon qilgan.