“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, Shvetsiyaning Syodermalm orolidagi “Sofiya” metrosi loyihasi asosida yer sathidan 105 metr chuqurlikda portlatish ishlari amalga oshirilgan. Bu ob’ekt yer yuzidagi eng chuqur metro bekatlaridan biri bo‘ladi. 2030 yil qurilish yakunlangach, “Sofiya” stansiyasi platformasi qadimiy qoyadan 100 metr chuqurlikda o‘rnashadi.
Qolgan yana 5 metr chuqurroqda texnologik maydon yuzaga keladi. 2025 yil 20×20 metr o‘lchamli shaxta ochish rejalashtirilgan, bu yerda sakkizta tezyurar va odatiy “Sofiya” liftlari ishga tushiriladi. Har bir lift soniyasiga to‘rt metr tezlikda 40 nafar yo‘lovchini platformaga olib chiqadi va ortga qaytaradi.
O‘zA