Jorjiya shtati Fulton okrugidagi 2020 yil prezidentlik sayloviga aralashuv ishi bo‘yicha ayblanayotgan AQSH sobiq davlat rahbari Donald Tramp ustidan sud jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi mumkin. Bu qarorni CNBC telekanali oshkor etdi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari sud zaliga jarayonni tasvirga olmaslik sharti bilan noutbuk va mobil telefoni olib kirishlari mumkin.
Avvalroq AQSH Kongressidagi Demokratik partiya vakillari keng omma Tramp ishi bo‘yicha jarayon natijasidan bevosita xabardor bo‘lishi uchun sud ochiq bo‘lishiga chaqirgan edilar.
Odatda Qo‘shma Shtatlarda sud zalida videokamera, shuningdek, jarayonni yozib oladigan boshqa uskunalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi, fotosuratga tushirish ham taqiqlanadi, jarayon qatnashchilarini tarixga muhrlash uchun rassomlarga ruxsat beriladi.
Jorjiya shtati sudyalari Trampga nisbatan 11 band bo‘yicha ayblov e’lon qilgan.