AQSH Prezidenti Jo Bayden XXR Raisi Si Szinpinning Hindistonda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashishiga umid bildirdi. U Vashingtonda Qo‘shma Shtatlar favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Federal agentligida so‘zlagan nutqida shunday dedi:
“Men ishonamanki, Xitoy yetakchisi sammitda qatnashadi”.
Oq uy o‘tgan hafta Baydenning Dehlida “katta yigirmalik” yig‘ilishida ishtirok etishi to‘g‘risida xabar bergan edi.
Reuters xabariga ko‘ra, Si Szinpin Dehli sammitida qatnashmasligi mumkin.
Hindiston va Xitoy rasmiy manbalari ham 9-10 sentyabrdagi sammitda XXRdan Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan qatnashishi to‘g‘risida xabar sizdirgan.
Mazkur yig‘ilishda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etmaydi.
Hindiston 2022 yil 1 dekabrdan “katta yigirmalik”ka raislik qilib kelmoqda.