Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, joriy yilning iyul oyida iste’molchilarga to‘langan keshbek summasi 102,6 milliard so‘mga yetdi.
Qayd etilishicha, 25 avgustda 1,6 milliondan ortiq iste’molchiga 86,4 milliard so‘m, 28 avgustda 1,7 milliondan ortiq iste’molchiga yana 16,2 milliard so‘m keshbek to‘lab berildi.
Ushbu iste’molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin. Bugun yana 13 milliard so‘mdan ortiq keshbek to‘lab beriladi.
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib, qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.
O‘zA