Gretsiyaning Dedeagach (Aleksandrupolis) va Meriche (Evros) shaharlarida 19 avgustdan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘ini Yevropa Ittifoqida 2000 yildan beri qayd etilgan eng yirik yong‘in ekani aytilmoqda. Yevrokomissiya tarqatgan xabarda shunday xulosaga kelingan.

O‘n kundan buyon davom etayotgan tabiiy ofat oqibatida birgina Dedeagachning o‘zida 81 ming gektar yer yonib ketdi.

Yevropa Komissiyasi falokat hududiga 11 ta o‘t o‘chirish samolyoti va 1 vertolyot yubordi.

YeI tarkibidagi 6 davlat oxirgi favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun tashkilot fuqarolik himoyasi mexanizmi doirasida mintaqaga 407 nafar o‘t o‘chiruvchi va 62 mashina jo‘natdi.

Gretsiya yong‘in xizmati ma’lumotiga ko‘ra, holat qat’iy darajada nazoratga olingan.

O‘zA