Hukumat huzuridagi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Tojikistonda yuz bergan kuchli yomg‘ir oqibatida nobud bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi. Qutqaruvchilar yana to‘rt kishi – uch ayol va bir erkak jasadini topgan. Halok bo‘lganlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan.

Xatlon viloyatida olib borilgan qutqaruv ishi sel tufayli 100 bosh chorva nobud bo‘lgani ham ma’lum bo‘ldi.

Bir necha hududda yo‘llar to‘silgan, uylar, binolar suv ostida qolgan, o‘nlab avtomobillar oqimdan zarar ko‘rgan.

Qo‘mita aniqlik kiritishicha, tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarda favqulodda vaziyat oqibatini bartaraf etish davom etyapti.

Tojikistonda 27 avgust kuni sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ir suv toshqini, sel va tosh ko‘chishiga sabab bo‘ldi. Avvalroq 13 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi.

O‘zA