AQSH va Xitoyning barqaror iqtisodiy aloqasi, ikki mamlakat o‘rtasida anglashilmovchilik chiqib tursa-da, butun dunyo uchun muhim. Bu haqda “Reuters” agentligi Qo‘shma Shtatlar savdo vaziri Jina Raymondoning Pekinda bergan bayonotidan quyidagi iqtibosni keltirgan:

– Bu munosabat murakkab, keskin. Ayrim masalalarda kelishmaymiz. Menimcha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq va amaliy harakat qilsak, biz taraqqiyotga erishamiz.

Uning ta’kidlashicha, iqtisodiyot bilan bog‘liq barqaror o‘zaro munosabat butun dunyo uchun “juda muhim”.

Vazirlik ma’lum qilishicha, Raymondo 27-30 avgust kunlari Pekinda rasmiylar va tadbirkorlar bilan maslahatlashuv o‘tkazgan. Iyun oyida davlat kotibi Entoni Blinken, iyulda esa moliya vaziri Janet Yellen va Prezidentning iqlim bo‘yicha maxsus vakili, sobiq davlat kotibi Jon Kerri Pekinga tashrif bilan borishgan edi.

O‘zA