Qozog‘iston Prezident Qosim-Jomart Toqayev BMT Bosh kotibi maxsus vakili, Preventiv diplomatiya bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadzeni qabul qildi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati yozgan.

Xabarga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat muhokama qilingan.

Toqayev mulozimni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning Markaziy Osiyo davlatlari va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘sha olishiga ishonch bildirdi.

Prezident mazkur tuzilmaning ahamiyati, faoliyati dolzarbligini alohida ta’kidladi. Markazning mintaqada jadal o‘sish sur’atini ta’minlash, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Kaxa Imnadze Qozog‘istonning mintaqada tinchlikni mustahkamlash va muloqotni rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasini e’tirof etdi.

 

O‘zA