24 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev videokonferensiya tarzida Yoxennesburgda o‘tayotgan BRIKS XV sammitida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Prezident Toqayev 24 avgust kuni BRIKSga a’zo davlatlar XV sammiti doirasida bo‘lib o‘tadigan “BRIKS Plus” formatidagi davlat rahbarlari muloqotiga video orqali ulanadi”, deyilgan bayonotda.

Qayd etilishicha, JAR Prezidenti Siril Ramafosa taklifiga binoan, Qozog‘iston rahbari yig‘ilishda Shanxay hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi sifatida qatnashadi va nutq so‘zlaydi.

22 avgust kuni boshlangan BRIKS yig‘ilishi 24 avgustgacha davom etadi.

O‘zA