Xitoy mustaqil tashqi siyosat yuritib kelmoqda va tarixan to‘g‘ri yo‘ldan ketyapti, deya bayonot berdi XXR raisi Si Szinpin BRIKS sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida. Murojaatni mamlakat savdo vaziri Van Ventao o‘qib eshittirgan.
Xitoy mustaqil, tinch tashqi siyosat olib boryapti, biz yagona taqdirga ega insoniyat hamjamiyati qurishni qo‘llab-quvvatlashga sodiqmiz”, – degan Si Szinpin.
Yetakchi qo‘shimcha qilishicha, Xitoyda gegemonlikka intilish uchun sabab yo‘q. Respublika tarixning to‘g‘ri tomonida mustahkam turibdi va tinchlikni qaror toptirishdek ulug‘ g‘oyani ilgari surish tamoyiliga qat’iy amal qiladi.