Rossiya va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin va Rejep Tayyip Erdog‘an uchrashuvi Moskvada tashkil etilishi mumkin, deya ma’lum qildi “NTV” telekanali o‘z manbalariga tayanib.
Bir kun avval TASS agentligi Turkiya hududida Erdog‘an va Putin uchrashuvi o‘tkazilishi ehtimoli yo‘qligi haqida xabar tarqatgan edi.
Turkiya yetakchisi matbuot xizmati esa hozircha yetakchilar o‘rtasidagi muzokara rejasi borasida aniq gap yo‘qligini bildirgan.
Erdog‘an iyul oyi oxirida Putin bilan avgustda Turkiyada uchrashishga umid qilayotganini aytgan edi.
“A haber” telekanali uchrashuvni 12 avgustda o‘tkazish rejasi qoldirilib, oy oxiriga o‘zgartirilganiga ishora qildi.
16 avgust kuni “Shot Telegram” kanali o‘z manbalariga tayanib, Putin va Erdog‘an uchrashuvi 31 avgust kuni o‘tkazilishini yozib, muzokara joyi hali aniq emasligini qo‘shimcha qilgan.