Adliya vazirligi tomonidan To‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy ro‘yxati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu namunaviy ro‘yxatda to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan 26 ish turi bo‘yicha 177 kasb va lavozim  belgilab berildi.

Jumladan, unda ombor, g‘azna va boshqa bo‘linmalarda rahbarlik ishlari, farmatsevtika sohasidagi ishlar, muhandis-kimyogarlik ishlari, kassirlik ishlari, mahsulotlarni sotish ishlari bo‘yicha kasb va lavozimlar keltirilgan.

Ma’lumot uchun: Mehnat kodeksining 343-moddasida to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy ro‘yxati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

O‘zA