Vilnyusdagi Litva parlamenti binosi yonida sirtiga “bomba” so‘zi yozilgan quti topildi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.
Shubhali jism qayd etilgach, politsiya “Qalqon” rejasini joriy qildi. Voqea joyiga “Aras” aksil terror otryadi sapyorlari yetib keldi. Politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam mashinasi ham hozir bo‘lgan.
Poytaxt politsiyasi tez orada “Qalqon” rejasi bekor qilingani, quti bo‘sh ekanini ma’lum qildi.