Turkiyaning Diyorbakir viloyatida havo harorati 47 darajaga koʻtarilib ketdi. Natijada koʻchalar huvillab qoldi, restoran biznesi sezilarli zarar koʻrmoqda, deb yozdi “Hürriyet” gazetasi.

Yakshanba kuni ushbu mamlakatga navbatdagi jazirama toʻlqini yopirildi, ayrim viloyatlarda 46 daraja issiq kuzatilgan. Ekspertlar aholini, alohida zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmaslikka chaqirmoqda.

“Diyorbakirda harorat mavsumga xos boʻlmagan darajada isib ketdi. Odamlar kunduz kuni koʻchaga chiqmaslikka harakat qilayotgani bois, restoranlar boʻshab qolgan”, – deyiladi xabarda.

O‘zA