Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yangi iqtisodiy modelga o‘tish zarurligini ma’lum qildi.

Bu haqida Qozog‘iston rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Biz butunlay yangi yo‘lga o‘tish uchun Qozog‘istonning iqtisodiy rivojlanishiga juda jiddiy turtki berishimiz kerak. Hozir hal qiluvchi tarixiy lahza yaqinlashmoqda va Qozog‘iston iqtisodiyoti hozir qanday holatda bo‘lsa, u kelajakda boshqacha bo‘ladi. Bu aniq va men bunga ishonaman”, – dedi Toqayev.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning vazifasi tegishli takliflar kiritishdan iborat.

“Bu, birinchi navbatda. Ikkinchidan, ushbu takliflarga muvofiq tayyorlanadigan rejalarning bajarilishini kafolatlash. Lekin yangi iqtisodiy modelni ishlab chiqish va tayyorlashga qanday yondashish haqida shaxsan o‘ylayotganimni yashirmayman. Yaqinda Oliy iqtisodiy kengash yig‘ilishiga raislik qildim. Ochig‘i, mahalliy iqtisodchilarimizni tanqid qildim”, – dedi u.

“Xalq bizdan aniq qarorlar kutmoqda, chunki eng dolzarb masalalarni hal qilish kerak. Xalqimiz uchun munosib turmush darajasini ta’minlash mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishini konseptual jihatdan qanday ko‘rishimiz bilan bevosita bog‘liq. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga o‘ta jiddiy turtki berishga qaratilgan bu o‘ta muhim ishni birgalikda boshlashimiz kerak”, – dedi davlat rahbari.

Xabarda aytilishicha, Toqayev Qozog‘iston xalqiga sentabr oyidagi Murojaatnomasida mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zA