Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Saudiya hukumati tomonidan Ukrainada mojaroni hal qilish uchun muqobil reja taqdim etildi. Bu haqda Moskva ham xabardor qilingan, deyiladi DPA agentligi tarqatgan xabarda.

“Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda yana bir tinchlik rejasi  taqdim etildi”, – deyiladi agentlikning Jiddadagi diplomatik doiralar bergan ma’lumotga tayanib tarqatgan xabarida.  

“Zelenskiyning tinchlik rejasi”dan farq qiluvchi mazkur muqobil rejada  Ukraina davlati yaxlitligi, front bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish, BMT shafeligida tinchlik muzokaralarini boshlash va asirlarni almashish ko‘zda tutilgan”, deb yozgan DPA agentligi.

 

 O‘zA