Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida 1-4 avgust kunlari “O‘zbekiston madaniyat kunlari” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tadbirlar dasturidan qator madaniy, adabiy tadbirlar o‘rin olgan.

Qiziq jihatlardan yana biri – 3 avgust kuni Boku shahridagi “Bulvar bog‘i”da o‘zbek milliy oshpazlik va hunarmandchilik ko‘rgazmalari ochiladi. Ularda o‘zbek milliy oshxonasining va mahoratli hunarmandlarimizning salohiyati namoyish etiladi. Ko‘rgazma doirasida 1 tonnalik o‘zbek palovi tayyorlanadi va ishtirokchilarga tarqatiladi.

Shuningdek, tadbirlar davomida o‘zbekistonlik mehmonlar Ozarbayjonning diqqatga sazovor va tarixiy obidalari bilan ham tanishadilar.

Shuhrat Orif, Boku shahri