Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i Abduvahob Hayitov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2023 yilda 14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etilib, 6 ming 834 nafar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirdi. Shuningdek, 545 ming 616 nafar abituriyent kunduzgi, 22 ming 867 nafari kechki, 373 ming 169 nafari sirtqi ta’lim shakli uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

O‘zbekiston milliy universiteti – 33 721 nafar;

Toshkent davlat transport universiteti – 28 474 nafar;

Farg‘ona davlat universiteti – 28 188 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Qashqadaryo viloyati – 112 242 nafar.

Samarqand viloyati – 105 805 nafar.

Farg‘ona viloyati – 89 022 nafar.

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA