Shu yil 12 may kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov va Amerika Qo‘shma Shtatlari Farmakopeya Konvensiyasi Bosh ijrochi direktori Ronald Pervinchensilar tomonidan “Qo‘shma Shtatlar Farmakopeyasi – Milliy formulyarini qabul qilish huquqlarini taqdim etish” to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan edi.

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Habibulla Jalilov boshchiligidagi bir guruh Markaz mas’ul hodimlaridan iborat delegatsiya mazkur kelishuv ijrosi doirasida AQSHda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Dastlab vakillarimiz AQSH Farmakopeya Konvensiyasi bosh vitse-prezidenti va xalqaro hamkorlik menejeri bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqishda hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvning ahamiyati va uni USP bilan uyg‘unlashtirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Shuningdek, delegatsiyamiz USPning Dori vositalarini fizik-kimyoviy va farmatsevtik-texnologik tadqiqotlar usullari laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

 

O‘zA