AQSH Kongressi Vakillar palatasi oilasining xorijdagi korrupsiya jarayoniga adoqadorligi sababli Prezident Jo Baydenga impichment e’lon qilish bo‘yicha tergov o‘tkazmoqchi. Bu haqda quyi palata spikeri Kevin Makkarti “Fox News” telekanaliga ma’lum qildi.
“Baydent prezidentlikka nomzodini qo‘ygan paytda amerikaliklarga biznes haqida gapirmagan edi, oilasi Xitoydan bir dollar ham olmaganini ta’kidlagandi. Afsuski, endi bu haqiqat emasligi isbotlanmoqda”, dedi Makkarti.
Quyi palata spikeri so‘zlariga qaraganda, Bayden Amerika siyosati “Richard Nikson davridan beri ko‘rmagan” usullardan foydalanadi.
– Bayden oilasi manfaatini ko‘zlab, hukumatni “qurollantirmoqda” va Kongressni nazorat imkoniyatidan mahrum qilmoqda, – deydi spiker.
U barcha savollarga javob olish uchun Vakillar palatasi “AQSH Konstitutsiyasida qayd etilganidek, ishni oxiriga yetkazish – impichment tekshiruviga olib borish” umidida ekanini bildirdi.
May oyida Vakillar palatasining Nazorat va mas’uliyat qo‘mitasi Bayden oilasi a’zolari va ular bilan aloqador shaxslar xorijdan millionlab dollar olganini dalillar bilan aytib chiqqan edi.