Ayni paytda O‘zbekistonda yoz oyi o‘zining ekvator chizig‘idan o‘tdi. Kunlar issiq, quyosh esa qizdirgandan qizdirmoqda. Sezish qiyin emaski yildan yilga iqlim isib bormoqda, buning natijasida esa bir qator muammolar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi tabiiy.

Xo‘sh, yaqin yillarda bizni iqlim isishi bilan bog‘liq hamda qanday ekologik muammolar kutib turibdi, buning natijasida turmush tarzimizda nimalar o‘zgarishi mumkin, oqibatda nimalarga tayyorlanishimiz kerak, shaharlarda, xususan poytaxtimizda havoning keskin ifloslanishi, changning miyoridan ortib ketayotgani sabablari nimada, yaqin yillar ichida qaysi hududlarda migiratsiya jarayonlariga guvoh bo‘lishimiz mumkin yoki bu boshlanib bo‘ldimi?

Savollar ko‘p. Havotir bor. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ayni holat hamda vaziyatni aniq va to‘g‘ri tushuntirish maqsadida iqlimshunos Erkin Abdulahatov bilan tashkil etilgan intervyuni e’tiboringizga havola etadi.

Intervyuni to‘liq O‘zAning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Farrux Xudoyorov,

Abror Sodiqov (video), O‘zA