“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mahallam jamoli” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov “Mahallalarda obodlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish” mavzusidagi “Obod mahallam” grant loyihasi doirasida tashkil etildi. Undan ko‘zlangan maqsad, aholi, ayniqsa, yoshlarni tabiatga ijobiy munosabatda bo‘lishga da’vat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirishdan iborat.

Tanlovda tumandagi 9 umumta’lim maktabidan 24 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. G‘oliblar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA