Italiyaning Milan shahrida davom etayotgan “Kings League” futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini “Anvonted boys” jamoasi himoya qilmoqda.

Dunyoning 16 ta terma jamoasi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada “Anvonted boys” jamoasi musobaqaning dastlabki turida Saudiya Arabistoni ustidan 4:3 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda afsuski, AQSH termasiga 6:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi “Anvonted Boys“ 7 yanvar kuni Peru terma jamoasi bilan pley-off bosqichiga o‘tish uchun raqobatlashadi.

Ma’lumot o‘rnida: sobiq ispaniyalik futbolchi Jerar Pike tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musobaqa 12 yanvar kuniga qadar davom etadi. Musobaqaning final o‘yini Turin shahridagi “Yuventus” klubining “Alyans” stadionida o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA