XIB infeksiyasi nafaqat quloq, burun va tomoq infeksiyasiga, balki meningit, zotiljam, epiglottit kabi og‘ir kasalliklarga ham olib kelishi mumkin. Ularning ba’zilari bolalarning hayotini saqlab qolishni murakkablashtiradi yoki og‘ir asoratlar qoldiradi.

Pentavalent vaksinasi orqali esa biz farzandlarimizni nafaqat XIB infeksiyasidan, balki difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, gepatit B kabi beshta yuqumli kasalliklardan himoya qilishimiz mumkin.

Buning uchun albatta, bolani o‘z vaqtida Milliy emlash kalendariga asosan emlab borish talab etiladi.

Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i — Rustamjon Ikromov bu yuzasidan ma’lumot berdi.

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, A.Ahmedov, O‘zA