O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi, ayni paytda “Roma” tarkibida harakatlanayotgan Eldor Shomurodov keyingi faoliyatini boshqa klubda davom ettirish ehtimoli bor.

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tegishli axborot manbalari xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, uning “Roma”dan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan.

Shu kunlarda Shomurodovga Italiyaning yana bir futbol klubi “Kalyari” qiziqish bildirmoqda. Klub Italiya “A” seriyasida ishtirok etadi. Ayni paytda “Kalyari” va “Roma” klublarining mutasaddilari Shomurodov masalasida muzokaralar olib bormoqda.

Aytish lozim, 2021 yil “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tgan Eldor 2022 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida “Spetsiya” jamoasida o‘tkazdi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA