Xitoy hukumatiga aloqador xakerlar AQSH Pekindagi elchisi Nikolas Bernsning elektron pochtasini buzib, yuz minglab yozishmalarni qo‘lga kiritgan, deb yozmoqda “Wall Street Journal”.

Xabarda kiber buzg‘unchilardan Davlat departamenti Sharqiy Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha kuratori Deniyel Kritenbrink ham jabr ko‘rgani aytilmoqda.

Ikkala diplomatning ham elektron pochtasida maxfiy hisoblanmagan hujjatlar saqlangan, biroq xakerlar amerikalik mansabdor shaxslar tashriflarini rejalashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, ikki tomonlama munosabat bo‘yicha idora ichidagi muloqot tafsilotidan xabar topishga muvaffaq bo‘lgan, deyiladi maqolada.