O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28 daraja iliq, cho‘l hududlarida 31 darajagacha, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

24-27 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havoning kirib kelishi kuchayadi.

Maksimal havo harorati:

24-25 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 41-42 darajagacha;

24-27 iyul kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 42-44 darajagacha;

25-27 iyul kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-42 darajagacha ko‘tariladi;

24-26 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

 

O‘zA