Ayni kunlarda yurtimizda quyoshli, issiq davr avj pallasida. Undan tarqalayotgan ko‘zga ko‘rinmas ultrabinafsha nurlar esa inson salomatligi uchun koni foyda. Shuningdek, quyosh nuri inson salomatligi uchun eng kerakli bo‘lgan D vitaminining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Ammo quyosh nuri foydali bo‘lish bilan birga, o‘ziga yarasha zararli tomonlari ham bor.

Quyoshdan tarqalayotgan ultrabinafsha nur ta’sirida ba’zi odamlarning terisi qorayadi, ba’zilarda esa qizarish, shish, qichishish kabi klinik ko‘rinishda kechuvchi teri kasalliklari, ya’ni fotodermatozlar namoyon bo‘ladi. Fotodermatozlar o‘lkamiz iqlimiga xos bo‘lgan kasallik hisoblanadi. Kasallikning ilk alomatlari bahor va yoz oylarida, ya’ni issiq quyoshli kunlarning boshlanishi bilan nomoyon bo‘ladi. Bunda quyosh nuri ta’sir etadigan sohalar (yuz, bo‘yin, кўк­рак qafasining oldi qismi, qo‘l va oyoqlarning ochiq qismi)da toshmalarning toshishi kuzatiladi. Quyosh nuri ta’sirida uzoq muddat bo‘lish yuz, bo‘yin va ko‘krak terisida (quyosh nuri ta’siridagi sohalar) ajin, dog‘ va sepkillarning paydo bo‘lishi va keyinchalik esa ularning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Ushbu holatlar haqida batafsil shifokor  dermatolog kosmetolog Bahodirxon Obiddinxonovdan eshitsak.

Batafsil:

M.Turdaliyeva, D. Yakubov O‘zA