Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayonini to‘liq yakunladi. Bu haqda qo‘shni davlat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qilgan.

“Kazinform” xabariga ko‘ra, 2023 yil 4 iyulda “Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Qozog‘iston – O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida”gi bitim kuchga kirdi.

Hujjat 2022 yil 2 dekabr kuni Toshkent shahrida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan va parlamentlar tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mazkur kelishuv 19 yil davom etgan jarayon oxiriga yetkazilganini anglatadi. Uzunligi 2357 km chegara 1301 chegara belgisi bilan ajratildi va sakkiz ming sahifadan ziyod demarkatsiya hujjatida aks ettirildi.

O‘zA