Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan muhim siyosiy tadbir — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Unda saylash huquqiga ega bo‘lgan yurtdoshlarimiz faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishmoqda.
Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Qo‘chqorov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda ovoz berish jarayonlari haqida ma’lumot berildi:
— Respublikamiz bo‘ylab saylov uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Soat 13:00 holatiga 10 million 52 ming 289 nafar saylovchi yoki jami saylovchilarning 52,16 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
Shu paytga qadar saylov jarayonlari bilan bog‘liq 83 ta murojaat kelib tushgan. Ular qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilmoqda.
Muhtarama Komilova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA