11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Shvetsiya har qanday holatda ham Alyansga a’zo bo‘la olmaydi, chunki shu vaqtga qadar Turkiya tomonidan tegishli hujjat ratifikatsiya qilinmadi. Bu haqda Bryusseldagi matbuot anjumanida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya vakillari bilan uchrashuv yakunida aytib o‘tdi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Shvetsiyaning aksil terror qonunchiligiga rasmiyatchilik yuzasidan o‘zgarish kiritib, hujjatni amalda qo‘llamayotgani NATOga a’zo bo‘lish uchun yetarli emas, deya ta’kidladi.
Mulozimning quyidagi fikri “TRT” telekanali axborotida iqtibos sifatida keltirilgan:
– Stokgolm bu o‘zgarishlarni amalda qo‘llashi kerak. NATO harbiy ittifoq, Alyansning asosiy vazifalaridan biri terrorga qarshi kurash. Biz Shvetsiya xavfsizlik infratuzilmasi ig‘volar oldini olish uchun samarali mexanizm yarata olmayotganidan hayratdamiz.
Shvetsiya xavf-xatar tug‘dirmasligi kerak, aksincha NATO doirasida terrorga qarshi kurashga hissa qo‘shishi lozim. Turkiya Shvetsiyaning Alyansdagi ishonchli hamkor ekanini his etmog‘i lozim, deya qo‘shimcha qildi Fidan.