Mamlakatimizning Misrdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mansurbek Qilichev ma’lum qilishicha, yakshanba kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovini kuzatishda Misr delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Bu haqda “Al-yavm As-sabi’” nashri xabar berdi.
Delegatsiya tarkibida Tashqi ishlar kengashi ijrochi direktori, elchi Izzat Saad, Ishbilarmonlar assotsiatsiyasi ijrochi direktori Muhammad Yusuf, Siyosiy va ommaviy axborot vositalarini o‘rganish bo‘yicha “Muloqot” markazi direktori doktor Ahmad Tohir, Al-arab parlamenti spikeri Odil bin Abdu Rahmon Assumiy bor.
Diplomat Kohiradagi elchixonamiz eshiklari ochiqligi, Misrda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik saylovchilarga bo‘lajak prezidentlik saylovida ovoz berish uchun barcha sharoit yaratilganini ta’kidladi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA