Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unga sudlar faoliyatini keng yoritishda faollik ko‘rsatib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi K.Tarixov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raisi A.Nurlipesov tomonidan bugungi kunda samarali faoliyat olib borayotgan, mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirish borasidagi islohotlarning natijalarini keng xalq ommasiga yetkazishda faollik ko‘rsatayotgan fidoyi jurnalistlarning mehnati e’tirof etildi. O‘zlariga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtiromdan mamnun bo‘lgan jurnalistlar bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining sud organlari bilan hamkorligi samarali bo‘layotganligini, sohada amalga oshirilgan islohotlar aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida soha fidoyilarining bir guruhiga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri