O‘zbekiston Prezidentining «Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori asosida 2022 yil 1 iyulga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan 1227 ta ko‘p kvartirali uy-joylar, boshqaruvchi tashkilotlarga biriktirilishi aytilgan edi.
Lekin qarorda ko‘zda tutilgan bu ishlar negadir joylarda to‘liq amalga oshmayapti. Ilgari xalq tilida “JEK” deya yuritilgan, bugun boshqaruv kompaniyalari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlar nechog‘lik o‘zini oqlamoqda? Ushbu kompaniyalarning vazifalari nimalardan iborat? Nega aholida bu tashkilotlarga nisbatan e’tirozlar paydo bo‘lmoqda?
Shu va boshqa holatlarga oydinlik kiritish maqsadida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mutaxassislari bilan suhbatda bo‘ldik.
Bu yuzasidan videoda batafsil