Yaponiya hukumati Hindiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi hamkorlik yer yuzida tinchlik va farovonlikni ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi.
Tokiodagi matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokazu Matsuno Hindiston Bosh vaziri Modining AQSHga safarini sharhlar ekan, shunday dedi:
– AQSH va Hindiston xalqaro miqyosda tinchlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Biz har ikki davlat bilan turli sohada ikki tomonlama hamda xavfsizlik bo‘yicha to‘rtlik (Avstraliya, Hindiston, Yaponiya va AQSH) muloqoti guruhida sheriklikni davom ettiramiz.
O‘zA