FOTOREPORTAJ

“CAFA Nation’sCup” chempionati doirasida O‘zbekiston – Tojikiston uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 5:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

O‘yinda gollarga Jasur Yaxshiboyev, Eldor Shomurodov (penalti), Abbos Fayzullayev, Hojimat Erkinov va Oston O‘runov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Parviz Umarboyev jarima zarbasidan kiritdi.

Shu tariqa, vakillarimiz yuz fozlik natija qayd etdi va umumiy hisobda 9 ochko to‘pladi. Endi 20 iyunda terma jamoamiz Eronga qarshi hal qiluvchi final bahsida maydonga tushadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA