Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi devonxonasi mamlakatni global logistika va tijorat markaziga aylantirish g‘oyasini taqdim etdi. Mazkur reja mahkamaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan.
Davlat rahbarining rasmiy vakili Ahmad Fahmiy bayonotida aytilishicha, hujjat Qizil va O‘rta yer dengizlarini bog‘lovchi logistika yo‘lagini yaratish hamda xalqaro tan olingan standartga mos zamonaviy portlar qurishni nazarda tutadi. Mazkur reja amalga oshsa, mamlakat milliy daromadi keskin oshadi, deyiladi xabarda.