Buyuk Britaniyalik professor, Birmingem biznes maktabi tadbirkorlik va iqtisodiy geografiya kafedrasi rahbari Jon Brayson Ukrainada kuchli iqtisodiy yuksalish bo‘lishini bashorat qilddi, deb yozdi “Daily Express” gazetasi.

Ekspert fikricha, agar g‘arb davlatlari inqiroz tugagandan keyin Marshall rejasiga o‘xshash dasturni tasdiqlasa, Kiyev rejimi misli ko‘rilmagan iqtisodiy yuksalishni boshdan kechirishi mumkin. Brayson asosiy donor sifatida Yevropa Komissiyasi hamda AQSHni tilga olgan.

– Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya nima qilgan bo‘lsa, Ukrainada ham shunday salohiyat yetarli, – deydi Brayson. – O‘shanda Germaniya ham ommaviy tiklanish, yalpi iqtisodiy yuksalishni boshidan kechirgan. Ukrainada ham infratuzilmaning salmoqli qismi iqlim o‘zgarishi va ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish talabiga samarali javob beradigan zamonaviy standartga mos ravishda yangilandi.

Bundan tashqari, ekspert ziddiyat bartaraf etilgach, Ukraina NATOga a’zo bo‘lishiga ham umid bildirgan.