Yaponiya qayta tiklash ishlari bo‘yicha vaziri Xiromiti Vatanabe va Ukraina Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, infratuzilmalar vaziri Aleksandr Kubrakov mamlakatni qayta tiklash bo‘yicha memorandum imzoladi, deb yozdi “Kiodo” agentligi.
Yaponiya 2011 yil yuz bergan zilzila, dovul va boshqa tabiiy ofatlardan keyin tiklanish bo‘yicha orttirgan tajribasidan foydalanib, Ukrainaga turar-joy, oqova tizimi, transport infratuzilmasini qayta tiklash hamda maktablarni jihoz bilan ta’minlash masalasida yordam bermoqchi, deyiladi xabarda.