Bugun Birlashgan Arab Amirliklari rahbari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi doirasida Sankt-Peterburgda Prezident Vladimir Putin  bilan uchrashdi. Bu haqda amirliklar axborot agentligi “WAM” ma’lum qildi.

Yetakchilar ikki tomonlama munosabatni, mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qildilar.

BAA Prezidenti mamlakati mintaqaviy va xalqaro maydonda tinchlik, barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashi, siyosiy yechimlarga qat’iy yondashishini tasdiqladi. U turli nizolarni, jumladan,  muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun inqirozning gumanitar oqibatini yumshatish bo‘yicha sa’y-harakatni faollashtirish, har ikki tomon mahbuslarni almashish tashabbusini qo‘llab- quvvatlashi muhimligini ta’kidladi.

Muharrama Pirmatova,
O‘zA