AQSH Senatida Prezident Jo Baydenga muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilish va Kiyevga berish huquqini beruvchi qonun loyihasi taqdim etildi.

Hujjatda Rossiya Federatsiyasining musodara qilingan aktivlari va boshqa suveren aktivlari hisobidan Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan,  deyiladi vakillar palatasi xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan axborotda.

Hujjat mualliflari fikricha, Qo‘shma Shtatlarda muzlatilgan Rossiya aktivlari Ukrainani tiklash uchun ishlatiladi. Amerika yetakchisi ayni tashabbus bo‘yicha Rossiya aktivlarini musodara qilish va sotish huquqiga ega bo‘ladi. Musodara qilingan mulk va mablag‘ Ukrainaga yordam bo‘yicha maxsus jamg‘armaga berilishi kerak.

Maxsus amaliyot boshlangandan keyin g‘arb mamlakatlari Rossiyaning bir necha yuz milliardlik aktivini muzlatib qo‘ygan. RF rasmiylari G‘arb qo‘llayotgan ushbu chorani qaroqchilik, deb atamoqda. Rossiya hukumati xalqaro zaxiraning muzlatilishiga qarshi sud da’vosi tayyorlanayotganini ma’lum qilgan, deyiladi xabarda.