FOTOREPORTAJ
Xiva shahrida davom etayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining 2-bosqichi shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.
Bu bosqichda ishtirokchilar amaliy – laboratoriya ishi bajarish sharti bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Ikkinchi bosqich topshiriqlarini bajarish uchun ishtirokchilarga uch yarim soat vaqt ajratildi. Bu turning ahamiyat shundaki, laboratoriya ishi Orol dengizi suvining tuzilishini yaxshilash uchun ham xizmat qilishi mumkin. Jarayonda ishtirokchilar o‘zlariga berilgan suvdagi tuz miqdori va ahamiyatini aniqlab, mavzu yuzasidan savollarga javob berishi hakamlar tomonidan baholab borildi.
Behzodbek SAIDOV (surat),
O‘zA