Joriy yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.
“Saylov – 2023” dasturining navbatdagi sonida Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra bugungi kungacha akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni haqida va Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari tomonidan hududlardagi saylovchilar bilan uchrashuvlari xususida so‘nggi yangiliklarni taqdim etamiz.
Ko‘rsatuvning to‘liq shaklini O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
O‘.Alimov, I.Ismatov (video), O‘zA