Zararli odatlarning xavfli viruslardan ko‘pam farqi yo‘q. Ikkisi ham yuqumli, ikkisi-da salomatligimizga ziyon yetkazadi. Biri immuniteti past odamlarga yopishsa, ikkinchisi irodasi sust kishilarni tanlaydi.
Bugun yoshlar o‘rtasida urf bo‘lgan energetik ichimliklar haqida ham mutaxassislar xulosasi shunday. Tunuka idishdan simirilayotgan bunday mahsulotlar aslida quvvat emas, kulfat manbai ekanligini , afsuski, juda kech anglab yetyapmiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “quvvatbaxsh” ichimliklar ilk bor 1960 yilda Yaponiyada dori vositasi sifatida yaratilgan. Keyinchalik Yevropa va AQSHni “zabt etgach”, biznesmenlar bu mahsulotni ommalashtirish uchun tarkibiga bir qancha kimyoviy moddalarni qo‘shishgan.
2014 yilga kelib Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘smirlar o‘rtasida energetik ichimliklar ko‘p iste’mol qilinayotgani yuzasidan xavotirli bayonot bilan chiqdi.
Hozir dunyoning qator davlatlarida bunday mahsulotlar sotuviga cheklovlar o‘rnatilgan. Masalan, aksariyat mamlakatlarda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklarni pullash man qilingan. Daniya, Turkiya, Norvegiya, Islandiya va AQSHning ayrim shtatlarida esa bunday mahsulotlar sotuvi butunlay taqiqlangan.
O‘zbekistonda ham bu borada qonuniy cheklovlar amalda. Unga ko‘ra, energetik ichimliklarning 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, yurtimizda bunday mahsulotlarni 7:00 dan 22:00 ga qadar reklama qilish taqiqlangan.
Xo‘sh, quvvatbaxsh ichimliklar tarkibidagi kofein, taurin kabi moddalarning salomatligimizga ta’siri qanday? Ushbu savollarga mutaxassis nima deydi.
Batafsil:
M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA