FOTOREPORTAJ
Xiva shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi qizg‘in davom etmoqda.
Bugun olimpiadaning dastlabki, yozma ish bosqichi bo‘lib o‘tdi. Jarayonda bevosita olimpiadaga faxriy mehmon sifatida taklif qilingan Germaniya kimyo jamiyati a’zosi, professor Joxann Plank ishtirok etdi.
Xalqaro kimyo olimpiadasining ertaga bo‘lib o‘tadigan 2-bosqichida ishtirokchilar amaliy – laboratoriya ishini bajaradi.
Behzodbek SAIDOV olgan suratlar.
O‘zA