Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan “Parij-2024” Olimpiada reytingini e’lon qildi. E’tiborli jihati, mazkur reytingda mamlakatimiz terma jamoasi a’zolarining 16 nafari yo‘llanmalar taqdim etiladigan hududda ekanligi qayd etilgan bo‘lib, ularning 6 nafarini dzyudochi qizlarimiz tashkil etmoqda.

Terma jamoamiz a’zolaridan Davlat Bobonov, Dilshodbek Baratov, Murodjon Yo‘ldoshev, Obidxon No‘monov, Muzaffarbek To‘raboyev, Alisher Yusupov, Diyora Keldiyorova kuchli o‘nlikdan joy olgan bo‘lsa, Sardor Nurillayev, Shahram Ahadov, Shohruh Baxtiyorov, Halimajon Qurbonova, Sita Qadamboyeva, Shukurjon Aminova, Gulnoza Matniyozova, Irisxon Qurbonboyeva Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmalari taqdim etiladigan chiziqdagi pog‘onani egalladi. Mazkur yuqori ko‘rsatkich, O‘zbekiston terma jamoasini Olimpiada o‘yinlarida qatnashadigan aralash jamoaviy yo‘nalishda ham litsenziya talabini bajargan 12 jamoadan biriga aylantirmoqda. Eslatib o‘tamiz, bir vaznda ikki yoki undan ko‘p sportchi Olimpiya yo‘llanmalarini taqdim etadigan hududdan joy olsa, to‘rt yillik o‘yinlarda qatnashadigan ishtirokchi murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra tanlanadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA